BuxAI (buxai.uz) — buxgalterlar uchun AI yordamchi. Oxirgi yangilanish: 2026-yil 14-noyabr.
Google yoki Telegram orqali kirganingizda: ism, email manzil (Google) yoki Telegram ID va foydalanuvchi nomi, profil rasmi. Boshqa Google ma'lumotlariga (Drive, Gmail, kontaktlar) kirmaymiz.
Xizmatdan foydalanganda: botga yoki saytga yozgan savollaringiz, yuborgan hujjat va fayllaringiz javob tayyorlash uchun qayta ishlanadi.
Hisobingizni yuritish, savollarga javob berish, tarif va limitlarni hisoblash hamda xizmat sifatini yaxshilash uchun.
Ma'lumotlar xavfsiz bulut xizmatlarida (hisob va ma'lumotlar bazasi — Supabase, server — Railway) saqlanadi. Javob tayyorlash uchun matn AI model xizmatlariga yuboriladi. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.
Hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun Telegramdagi @buxgaterAibot botiga yozing.
Savollar uchun: @buxgaterAibot yoki buxai.uz/aloqa.